Video yuklang. Subtitr tayyor.
Matnla nutqni avtomatik matnga aylantiradi. Muharrirda tuzatasiz, uslub tanlaysiz va SRT, VTT yoki subtitrli MP4 qilib yuklab olasiz.
30 daqiqa bepul · Karta kerak emas · O'zbek, rus, ingliz
Qanday ishlaydi
Uch qadamda tayyor
Zerikarli qismi bizda, qiziq qismi sizda qoladi.
- 01
Video yuklang
Faylni sudrab tashlang yoki tanlang. MP4, MOV, MP3 — ko'p uchraydigan formatlar qo'llab-quvvatlanadi.
- 02
Nutq matnga aylanadi
Tizim gapni eshitib, vaqt belgilari bilan satrlarga bo'ladi. Jarayon fonda ketadi — kutib o'tirish shart emas.
- 03
Tuzating va yuklab oling
Noto'g'ri so'zni to'g'rilang, uslub tanlang va SRT, VTT yoki subtitrli MP4 qilib oling.
Namuna
Natija shunday ko'rinadi
Har bir satr o'z vaqt belgisi bilan chiqadi. Biror joyi noto'g'ri eshitilgan bo'lsa, muharrirda ustiga bosib, ikki soniyada tuzatasiz.
- 100:00:01,240
Assalomu alaykum, bugungi darsimizga xush kelibsiz.
- 200:00:04,010
O'tgan safar biz jadval yaratishni ko'rib chiqqan edik.
- 300:00:07,480 — joriy satr
Bugun esa ma'lumotlarni qanday filtrlashni o'rganamiz.
- 400:00:11,120
Avval yuqoridagi menyudan Ma'lumot (past ishonchli so'z) bo'limini oching.
- 500:00:15,600
Keyin filtr tugmasini bosing — ustun tepasida kichik belgi paydo bo'ladi.
- 600:00:20,150
Endi kerakli qiymatni tanlasangiz, ro'yxat o'zi qisqaradi.
Past ishonchli so'zlar shunday belgilanadi — bir bosishda tuzatasiz.
Narxlar
Sodda narxlar
Daqiqa paketini bir marta sotib olasiz — obuna ham, yashirin to'lov ham yo'q.
Bepul
0so'm
30 daqiqa · ro'yxatdan o'tganda
- Avtomatik transkripsiya: o'zbek, rus, ingliz
- Timeline muharriri va tayyor uslublar
- SRT, VTT, TXT va CSV eksport
- Subtitrli video 720p, «matnla.uz» belgisi bilan
- Bitta fayl 10 daqiqagacha
Start
49 000so'm
300 daqiqa · bir martalik
- Bepul tarifdagi hamma narsa
- Subtitrli video 1080p, belgisiz
- Daqiqalar muddatsiz — shoshilmasdan ishlating
- Click orqali to'lov
Pro
Tavsiya etamiz149 000so'm
1200 daqiqa · bir martalik
- Start'dagi hamma narsa
- Daqiqasi Start'dan 24% arzon
- Muntazam video chiqaradiganlar uchun
- Click orqali to'lov
Savollar
Ko'p beriladigan savollar
Halol javob: bu videoga bog'liq. Toza mikrofon, sokin xona va ravon nutqda natija yaxshi bo'ladi. Shovqin, bir vaqtda gapirish, kuchli sheva yoki maxsus atamalar bo'lsa, xatolar ko'payadi. O'zbek tilini avtomatik tanish hali oson masala emas, shuning uchun biz mukammal natija va'da qilmaymiz. Tuzatish muharriri aynan shuning uchun bor: matnni noldan terish o'rniga tayyor variantni ko'rib chiqib, bir necha joyini to'g'rilaysiz. Ko'pchilik uchun bu ish soatlardan daqiqalarga qisqaradi.
Birinchi videongizni bugun subtitrli qiling
Ro'yxatdan o'tasiz, faylni yuklaysiz va tayyor matnni muharrirda ko'rib chiqasiz.
- ✓ Karta kerak emas
- ✓ 30 daqiqa bepul
- ✓ Sinov muddati tugamaydi